Bizni mehr birlashtiradi
Bizni mehr birlashtiradi
✅Nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida eʼtibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992-yillar Xalqaro nogironlar oʻn yilligi deb belgilangan edi. Mazkur oʻn yillik yakunida (1992-yilning 14-oktyabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb eʼlon qilingan.
✅Joriy yilning 3-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari S.Muxtorova, F.Nasriddinova va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Zomin tumani Qayirma mahallasida yashovchi fuqaro honadoniga tashrif buyurildi.Tashrifdan maqsad 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan "Bizni mehr birlashtiradi" loyihasini amalga oshirish va insonlarga mehr-muhabbat ulashishdan iborat.