Bizni mehr birlashtiradi
Butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig'ida, yani yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud. Barcha nogironlarning 100 milliondan ortig'ini bolalar tashkil etadi.
Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo'lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taminlashdan iborat.
Joriy yilning 1-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan "Bizni mehr birlashtiradi"deb nomlangan adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etildi.Ushbu ko'rgazmadan turli yoshdagi kitobxonlar uchun hayotga bo'lgan qiziqishini oshiradigan,ularga motivatsiya beruvchi va yashash uchun kurashish kerakligini anglatuvchi badiiy adabiyotlar joy olgan.