Bizni kitobxonlik birlashtiradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 14/1-1466 XFU topshirig'i hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonaning 2022-yil 14-iyundagi 83-son buyrug'i asosida yozgi taʼtil davomida oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kelajak avlodni mutolaaga oshno qilish, ularda adabiy immunitetni shakllantirish hamda bolalar o‘rtasida kitobxonlik ma'daniyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 23 iyun kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Zomin oromgohida tashkil qilingan “Bizni kitobxonlik birlashtiradi” loyihasi doirasida kitob ko'rgazmasi tashkil qilinib, “Tarbiya kitobi”, “Gulliverning sayohatlari”, “U kim bu nima”, "Sariq devni minib", “Bolalar uchun jonivorlar ensiklopediyasi”, nomli ensiklopedik kitoblarining targ`iboti o`tkazildi va o`quvchi yoshlarning qiziqishlari, qaysi kitobni o`qishni xohlayotganliklari o`rganildi. Kitob ko'rgazmasi qiziqarli va mazmunli o'tdi.