Bizni kitobxonlik birlashtiradi.
Yozgi taʼtil davomida oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, kelajak avlodni mutolaaga oshno qilish, ularda adabiy immunitetni shakllantirish hamda bolalar o‘rtasida kitobxonlik ma'daniyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 17 iyun kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Amir Temur oromgohida tashkil qilingan “Bizni kitobxonlik birlashtiradi” loyihasi doirasida yangi kelib tushgan adabiyotlar yuzasidan kitob ko`rgazmasi tashkil qilinib, “Tarbiya kitobi”, “Gulliverning sayohatlari”, “U kim bu nima”, "Sariq devni minib", “Bolalar uchun jonivorlar ensiklopediyasi”, nomli ensiklopedik kitoblarining targ`iboti o`tkazildi va o`quvchi yoshlarning qiziqishlari, qaysi kitobni o`qishni xohlayotganliklari o`rganildi.