"Biz zo'ravonlikka qarshimiz"
2023-yil 29-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida 25-noyabr - "Xalqaro ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.Tadbir Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga qarashli 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida joylashgan ko'chma kutubxona xodimlari I. Alibekova va Z. To'rayevalar maktab o'quvchilari o'rtasida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda zo’rlik ishlatishda jabr ko’rgan shaxslarni reablitatsiya qilish, jamiyatimizda ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish bo’yicha qonunlarga kiritilayotgan qo’shimcha va o’zgarishlar haqida aytib o'tildi.
O‘zbekistonda fuqarolarni zo‘ravonlikdan himoyalash, har qanday zo‘ravonlikka munosib jazo tayinlash milliy qonunchiligimizda qat’iy belgilab qo‘yilganligi haqida so'zlab, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish institutlarining faoliyati haqida ma'lumotlar berib o'tishdi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ham zo‘ravonlikka qarshi kurashish, xotin-qizlarning va bolalarning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni, bolalarni reabilitatsiya qilish institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bu borada ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va milliy amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi haqida gapirib o’tishdi.
O'quvchi yoshlar zo'ravonlik ularning turlari, bu borada ko'zda tutilgan jazo turlari haqida kengroq ma'lumotlar oldilar.