"BIZ VATANGA QOYAMIZ, MUSTAHKAM HIMOYAMIZ"
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "BIZ VATANGA QOYAMIZ, MUSTAHKAM HIMOYAMIZ" mavzusida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 25934- Olmachi xarbiy qismi bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi.
O‘z hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
Mana shu qutlug‘ ayyomda jonajon Vatanimizga sadoqat, azmu shijoat kabi el-yurtimizga xos yuksak fazilatlarning qadr-qimmati va ahamiyatini, ular hayotimizda tobora mustahkam o‘rin egallab borayotganini yanada teran anglaymiz va o‘zining jangovar faoliyati bilan buni amalda isbotlab kelayotgan sizdek g‘oyat olijanob kasb egalarini sharaflaymiz.
Sh.Mirziyoyev
https://telegra.ph/BIZ-VATANGA-QOYAMIZ-MUSTAHKAM-HIMOYAMIZ-01-12