“Biz oilada va jamiyatda gender zo‘ravonlikga qarshimiz”
🔹 2024 yil 3-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida gender zo‘ravonlikni oldini olish maqsadida “Biz oilada va jamiyatda gender zo‘ravonlikga qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbir mamlakatimizda 25-noyabrdan 10-dekabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari, shahar tumanlarida «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» aksiyasi doirasida tashkil etildi.
🔹 Tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva O‘zbekistonda oila deb atalmish qo‘rg‘onning muqaddasligi, asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgan oilaviy qadriyatlarning yoshlarda milliy g‘ururni shakllantirishda tutgan o‘rni va o‘zbek adiblari asarlarida ayol siymosining yoritilganligi haqida so‘zladi