"Biz kim-mulki Turon Amiri Turkistonmiz"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy òquv markazi bilan hamkorlikda Amir Temur tavalludining 686- yilligiga bagʻishlab "Biz kim-mulki Turon Amiri Turkistonmiz" mavzusida adabiy musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Milliy gvardiya òquv markazi òrinbosari Rustam Inomov ochib berdi va Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimi N.Bobomurodova Amir Temur hayotida erishgan yutuģlari, qilgan bunyodkorlik ishlari haqida sòzlab berdi. Dashtobod shahar "Yangi avlod" NMT tashkiloti bolalari ishtirokida hamda Zomin tuman "Barkamol avlod bolalar markazi" òquvchi qizlari tomonidan kuy qòshiqlar, raqslar ijro etildi. Tadbir kòtarinki ruhda bòlib òtdi.
https://telegra.ph/Biz-kim-mulki-Turon-Amiri-Turkistonmiz-04-08