"Biz ham kitob o'qiymiz"
Dunyoni faqat bilim bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas, ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta kitob o'qishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Yangi O’zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhum vazifamiz bo’lib qoladi” mavzusida so’zlagan nutqidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar dasturi 29-bandi: Mahalladagi xotin-qizlarning mahalla kutubxonasi yoki axborot-kutubxona markaziga a’zo bo’lganligi, ularning kutubxnaga qatnovini mahallabay tahlil etish, a’zobo’lmagam xotin-qizlarni axborot-kutubxona markaziga jalb etish choralarini ko’rish maqsadida Zomin tumanida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor ayollar o’rtasida kitobxonlik targ’iboti o’tkazildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 15- umumiy o'rta ta'lim maktabida yosh tadbirkor onalar ishtirokida "Biz ham kitob o'qiymiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida I.Alibekova tomonidan yig'ilganlarga oilada kitob o`qishning ahamiyati bugungi kun dolzarb mavzusiga ko`tarilganligi, yoshlarni kitobxon qilish uchun eng avvalo oiladan boshlash kerakli turli misollar bilan ta`kidlab o`tildi. Shuningdek kutubxona markazidagi yangi kelgan adabiyotlar haqida ham ma'lumotlar ham berildi.