BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
#Giyovandlik_asr_vabosi
#Zomin_tuman
#davra_suhbati
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
❇️Zomni tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi,Zomin tuman axborot-kutubxona markazi, (Targibot va Oqila ayollar rahbari) IIB tuman boʻlimi, Oila va xotin-qizlar tuman boʻlimi, Din ishlari bo'yicha mutaxassis bilan hamkorligida tumandagi 60-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✅Tadbirda o‘quvchilarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, ularning oqibatlari hamda bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.
✅ Tadbir davomida ,,Bolalarga nisbatan zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, yoshlarni turli xil yod gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish maqsadida,, Jaholatga qarshi maʼrifat'' mavzusida tushuntirish olib borildi.