Biz birgamiz
"Imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini, hayot sifatini yaxshilash, mehnat faoliyatiga moslashtirishga yordam ko'rsatish" yo'nalishida "Biz birgamiz" nomli loyihasini amalga oshirish maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Jizzax viloyat bo'limi tashabbusi bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi, "Temuriylar izdoshlari" harbiy maktabi bilan hamkorlikda "Amir Temur" nomli bolalar yozgi oromgohida tadbir tashkil etildi. Tadbirda vatanni madh etuvchi she'rlar, harbiy saf mashqlari namoyish etildi.