“Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz,birlashsak-vatanmiz”shiori ostida "Kitobsiz taraqqiyotga yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi" nomli ko'rgazma
Kitob o'qish insonni dadillashtiradi. Kitob o'qigan insonning o'ziga ishonchi ortadi. Chunki kitobdan olgan ilmi unga madad beradi. Atrofingizdagi odamlarda esa siz haqingizda yaxshi tasavvur uyg'onadi. Bu esa sizni yanada jur'atli qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligining 2023 yili 14 sentyabrdagi 171-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta`minlash to`g`risida" 2023 yil 18 sentyabrdagi 54-sonli buyrug`i ijrosini ta`minlash maqsadida aholi va yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularga shijoat va o’zgacha ruh bag’ishlash, mutoala zavqini chindan his qildirish maqsadida hamda joriy yilning, 10-noyabr kuni respublikamiz bo’ylab “Biz bir bo’lsak - yagona – xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o’tkaziladi.Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizni marafonda ishtirok etishdi .Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, she'rxonlik badiiy kechalar va turli loyihalarbo'ib o'tdi va Yoshlar ishlari agentligi binosida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Biz bir bo'lsak-yagona xalqmiz,birlashsak-vatanmiz” shiori ostida "Kitobsiz taraqqiyotga yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi" deb nomlangan adabiyotlar ko’rgazmasi bilan ishtirok etishdi.