"Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – jamiyatni o‘qitgandek bo‘lasiz"
Har oyda o‘tkazib kelinayotgan "Kitobxon onalar" kuni munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida "Butunjahon oila kuni"ga bag‘ishlab, "Bitta qiz bolani o‘qitsangiz – jamiyatni o‘qitgandek bo‘lasiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida texnikum o‘quvchilari, o‘qituvchilar, kitobxon onalar, kutubxona xodimlari faol ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod, ayniqsa, qiz bolalar qalbida ilmga, kitobga, o‘z ustida ishlashga bo‘lgan qiziqishni oshirish, onalar orqali oila muhitida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.