"Birinchi muallim" davra suhbati.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir shu jumladan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniy hayoti va ijodi haqida Zomin tumanida joylashgan "Susambil" o'quv markazidagi o'quvchi kitobxonlarga ma'lumotlar beri o'tildi. Abdulla Avloniy - o‘zbek madaniyati va adabiyotining asoschilaridan biri. U 1878-yilning 12-iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida to'quvchi-savdogar oilasida tug'ilgan. Adib 1904-yilda jadidchilik harakatiga qo'shilib, Mirobodda o'zining ilk usuli jadid maktabini ochgan. Abdulla Avloniy darslar orasida tanaffuslarni, o'quvchilar uchun sinfdan sinfga o'tish imtihonlarini joriy qilgan. 1909-yilda maorif ishlariga yordam beruvchi Turkistondagi ilk jamg'arma - "Jamiyati xayriya"ni tashkil etib, jamgʻarma hisobidan yetim bolalarni bepul o'qitgan. U 1913-yilda Turkistondagi birinchi teatr truppasini tashkil etgan. Bu truppa hozirgi O'zbek Milliy akademik drama teatriga asos bo'lgan. Abdulla Avloniy 1934-yilning 25-avgustida 56 yoshida vafot etgan. Yosh kitobxonlarga Abdulla Avloniy asarlari va yozgan she'rlaridan parchalar o'qib berildi.