"Birgalikda kitob o'qiymiz"
Dunyoni faqat bilim bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas, ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta kitob o'qishdir. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida kitobxon onalar ishtirokida "Birgalikda kitob o'qiymiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida yosh kitobxon onalarga I.Alibekova hamda Z.To'rayeva tomonidan yig'ilganlarga oilada kitob o`qishning ahamiyati bugungi kun dolzarb mavzusiga ko`tarilganligi, yoshlarni kitobxon qilish uchun eng avvalo oiladan boshlash kerakli turli misollar bilan ta`kidlab o`tildi. Shuningdek kutubxona markazidagi yangi kelgan adabiyotlar haqida ham ma'lumotlar ham berildi.