“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida kitob ko‘rgazma tashkil etildi. Kitoblar mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan va fan, ta'lim, iqtisodiyot, ishlab chiqarish, xalqaro munosabatlar, madaniyat va sport sohalaridagi iqtisodiy rivojlangan, tinch va osoishta demokratik jamiyat qurish imkoniyatini bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida hikoya qiladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar Zomin tuman axborot-kutubxonasi fondlarida saqlanuvchi ko‘plab tarixiy, publisistik va badiiy adabiyotlar, davriy nashrlar, foto suratlar bilan tanishadilar hamda mamlakatimizda hukm surayotgan barqarorlik, erkin rivojlanish va xalq farovonligining ta'minlanishi haqida ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ladilar.
https://telegra.ph/Bir-bolsak--yagona-xalqmiz-birlashsak--Vatanmiz-09-05