"Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini nishonlash borasida "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" ģoyasi ostida òtkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida Mahalla kutobxonlari òrtasida davra suhbati tashkil qilindi.
Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 33 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. Kitob nafaqat bilim manbai, balki inson qalbiga ezgulik urug'ini ekuvchi vosita hamdir. Bugun yoshlar o'rtasida kitob targ'iboti olib borildi, kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan hamda kutubxonaga yangi olingan badiiy adabiyotlar targ'ib qilindi.
https://telegra.ph/Bir-bolsak-yagona-xalqmiz-birlashsak-Vatanmiz-08-15