"Bir adib haqida suhbat" "Tafakkur gulshani" klubi.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari bilan birgalikda O'zbekiston xalq shoiri, yozuvchi Muhammad Yusufning "Xalq bo'l elim" mavzusida davra suxbatini uyushtirdi. "Tafakkur gulshani" klubi a'zolariga Muhammad Yusufning hayoti va ijodi, bosib o'tgan yo'llari, yozgan asarlari haqida gapirib o'tdi. Davra suxbatiga kelgan kitobxonlar o'rtasida Muhammad Yusuf qalamiga mansub bo'lgan she'rlari haqida baxs va munozaralar bo'ldi. Davra suxbatida eng yaxshi she'r o'qigan o'quvchiga axborot-kutubxona markazi tomonidan Muhammad Yusufning she'riy kitobi sovg'a qilib topshirildi. Davra suxbati yakunida Muhammad Yusufning kitobga, she'riyatga bo'lgan muhabbati cheksiz ekanligini yana bir bor takidlab o'tishdi.
https://telegra.ph/Bir-adib-haqida-suhbat-Tafakkur-gulshani-klubi-05-29