“Bir adib haqida suhbat”. Davra suhbati.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi chora-tadbirlari rejasi asosida Zomin tumanida joylashgan Yoshlar ittifoqi binosida o'quv zalida Abonament va foydalanuvchilarga xizmar ko'rsatish bo'limi mutaxassislari Z. Azimova, S. Muxtorovalar 75-maktab o'quvchilariga Halima Xudoyberdiyevani hayoti va ijodi, yozgan asarlari haqida ma'lumotlarni berib o'tdilar. Halima Xudoyberdiyevaning ilk sheʼrlari oʻquvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetada bosilgan (1964). Shundan keyin uning „Ilk muhabbat“ (1968), „Oq olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974), „Suyanch togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977), „Issiqqor“ (1979), „Sadoqat“ (1983), „Muqaddas ayol“ (1987), „Bu kunlarga yetganlar bor“, „Hurlik oʻti“ (1993), „Toʻmarisning aytgani“ (1996) „Yoʻldadirman“ (2005) va boshqa sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Halima Xudoyberdiyeva oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, oʻzbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. Halima Xudoyberdiyeva (1947-yil 17-may, Boyovut, Sirdaryo viloyati — 2018-yil, Toshkent, O'zbekiston) — O'zbekiston xalq shoiri, Hurmat belgisi va El-yurt hurmati ordeni sohibasi. Davra suhbatida yosh kitobxonlar tomonidan berilgan savollarga javob berib o'tildi. Davra suhbati qiziqarli va maroqli o'tdi.
https://telegra.ph/Bir-adib-haqida-suhbat-Davra-suhbati-05-20