"Bir adib haqida suhbat"
2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga etibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot -kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish,kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida "Bir adib haqida suhbat" mavzusida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Sidni Sheldonning "Orziqib kutaman ertani" asari haqida haqida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Yoshlar markazi o'quvchilari ishtirok etishdi. Asarda keltirilgan qaxramonlar Treysining onasi o’z joniga qasd qilishi bilan boshlanadi. Treysining onasi bankrot bo’lganligini va chuv tushurilganligini ko’tara olmay o’zini o’ldiradi . Otasi ham ancha oldin vafot etgan Treysi yolg’izlanib qoladi. Treysi onasining o’limiga sabab bo’lganlar bilan hisob-kitob qilmoqchi bo’ldi, lekin urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Treysini tuxmat bilan o’zini qamatib yuborishdi. Sevgilisi esa tashlab ketdi.Hibsdan kichkina qizchaning hayotini saqlab qolganligi tufayli muddatidan oldin ozod etishdi.Qamoqdan chiqqach, o’z dushmanlaridan mohirona o’ch olgach.Avvaliga ishi bo’lmish kompьyuterda ishlash bilan shug’ullanmoqchi bo’ladi, lekin uni ish beruvchilar ham , jamiyat ham qabul qilmadi. Unga esa yashash uchun pul kerak.So’ngra u fribgarlik ko’chasiga kirishga majbur bo’ldi , qiymati 1mln $ dan ziyod bo’lgan taqinchoqlarni o’g’irlab beradi va politsiyani mohirona laqqilatadi.Garchi bu o’g’rilikni u qilganini bilishsa ham, dalil – isbotlari yo’qligidan uni hibsga ololishmaydi.Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan shaxmat o’ynab 200 000$ yutib oladi. Hasis kinorejissyorning ayolini taqinchoqlarini o’maradi.Eng yaxshi himoya tizimi bilan qoʻriqlanadigan muzeydan «Puerto»ni o’g’irlaydi… bu hali hammasi emas.Shuncha o’g’rilikni iz qoldirmasdan qanday qilish mumkin deb o’ylayotgandirsiz?? Kitobni o’qigach uning aql-zakovatiga tan berasiz. Davra suhbati mazmunli va qiziqarli òtdi.