"Bir adib haqida suhbat"
2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga etibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot -kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish,kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida "Bir adib haqida suhbat" mavzusida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodi haqida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Yoshlar markazi òquvchilari ishtirok etishdi. Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 26-may (6-iyun) Moskva — 1837-yil 29-yanvar (10-fevral) Sankt-Peterburg) - ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi.
Ota-onasi yosh Pushkinni buvisi Marya Alekseevna va enagasi Arina Rodionovna tarbiyasiga topshirgan. Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib, Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda she'riyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda ta'lim olgan. Pushkinning dastlabki she'ri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer — yunker qilib tayinlagan. 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.Davra suhbati mazmunli va qiziqarli òtdi.