"Bir adib haqida suhbat"
2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Insonga etibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot -kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish,kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida "Bir adib haqida suhbat" mavzusida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Abu Rayhon Beruniy hayoti haqida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida Al Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan. Beruniyni chinakam o‘rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: “Astronomiya va matematika, astrologiya va jo‘g‘rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo‘lardi” degan. Uning to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma’lumot kam, faqat chin yetim bo’lganligi ma’lum. Burni katta bo‘lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan. Biroq, ko‘rimsiz tashqi ko‘rinishi ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo‘lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog‘ida Beruniy shunday yozadi: “... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi...” davra suhbatida ishtirokchlar bir birlari bilan fikr almashishdi.