"Bir adib haqida suhbat"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 9 iyul kuni Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi kòchma kutubxona hodimlari tomonidan "Bir adib haqida suhbat" mavzusida "Susambil" o'quv markazi yosh kitobxonlar o'rtasida atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli yozuvchi Pirimqul Qodirovning hayoti va ijodiga bag'ishlab davra suhbati òtkazildi. O‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida Tojikiston respublikasining O‘ratepa tumanidagi Kengqul qishlog‘ida tavallud topdi. Adib ijodining debochasi “Studentlar” hikoyasi 1950-yilda talabalik yillarida e’lon qilinib, tolibi ilmlar hayoti, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin uning “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim”, “Erk”, “Meros”qissalari, “Najot” afsona qissasi, “Sarguzashtlar”, “Yayra institutga kirmoqchi” nomli qissa va hikoyalar to‘plamlari birin-ketin chop qilinadi. Shu jumladan adibning "Olmos kamar" romani haqida yosh kitobxonlarga ma'lumotlar berib o'tildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'ldi.