"Bir adib haqida suhbat"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida joriy yilning 11 dekabr kuni Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi kòchma kutubxona hodimlari tomonidan "Bir adib haqida suhbat" mavzusida Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir va pedagog Abdulla Avloniyning hayoti va ijodiga baĝishlab davra suhbati òtkazildi. 1878 yil 12 iyulda Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan va eski maktabda ta’lim olgan. U tarjimai holida bu haqda shunday yozgan: «12 yoshimdan O‘qchi mahallasidagi madrasada dars o‘qiy boshladim. 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o‘qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o‘sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjumon» gazetasini o‘qib, zamondan xabardor bo‘ldim». Avloniy madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug‘ullandi. O‘qish va o‘qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etdi va yosh pedagog-o‘quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G‘arb tillarini o‘rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirdi. Shoirning hayoti va ijodi haqida gapirib, kelgan mehmonlarga ijodkor haqida tushunchalar berib o'tdi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'ldi.