"Bilimli ona jamiyatni maʼrifatli qiladi”
Joriy yilning 29-avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Taraqqiyyot" MFYda istiqomat qiluvchi kitobxon onalar ishtirokida "Bilimli ona jamiyatni maʼrifatli qiladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Maʼrifatli ayol jamiyatning taraqqiyot yoʻlini belgilab beradi. Chunki aynan u bolalarni tarbiyalaydi va ongi, dunyoqarashi, bilim darajasini shakllantiradi. Qiz bola oliy maʼlumotli boʻlsa, yuksak bilim va salohiyat egasiga aylansa, buni kelgusida farzandlariga ham singdiradi. Har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Chunki ayolga tabiatan avlodlar zanjirini davom ettirish va millatning qadrini koʻtaradigan farzandlarni tarbiyalashdek ulugʻ vazifa yuklangan.
Davra suhbati ko'taringki ruhda bo'lib o'tdi ushbu davra suhbatida 14 nafar kitobxon onalar ishtirok etdi.