"Bilimlar olamida" nomli “Zakovat” intellektual o’yini
#INFOLIB
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar ishlari masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, yoshlarning har tomonlama bilimli, yetuk shaxs bo‘lib yetishishi mamlakatning bugungi kuni va ertasi rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 24-oktyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari o’rtasida "Bilimlar olamida" nomli “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. ”Renessans” va “Yosh kuch” jamoalari bellashgan ushbu o’yinda “Renessans” jamoasi g’olib bo’ldi va tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.