“Bilim sari sayohat”
“Bilim sari sayohat”
Joriy yilning 28-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan yosh kitobxonlar uchun “Bilim sari sayohat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Ushbu sayohat davomida ishtirokchilar kutubxona fondi bilan yaqindan tanishib, turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida kutubxona xodimi bolalarga kitoblarning mazmuni, ularning ahamiyati hamda to‘g‘ri kitob tanlash sirlarini tushuntirib berdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni varaqlab, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
Mazkur sayohat bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni mutolaa sari keng jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.