Biblografiyaning bugungi kundagi faoliyati.
"Biblografiyaning bugungi kundagi faoliyati"
Zomin tumani Axborot kutubxona markazida Axborot bibliografiya xizmati bibliografi hodimlari D.Artiqova hamda D.Qarshiboyevalar tomonidan markazga kelayotgan ro‘znoma va oynomalarga bibliografik tavsif berilib mavzuli va o‘lkashunoslik kartotekasiga joylab borilmoqda.
Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot
“Bibliografiya” so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda biblion—„kitob“, grapho —„yozaman“ degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda iðakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
Tadqiqotchilarning e’tiroficha, dastlabki bibliografik qo‘llanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I asrda Xitoyda „Si lyue“ („Yetti rezyume“) nomi bilan paydo bo‘ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining bibliografiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot bo‘limining bosh ilmiy xodimi, mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning tadqiqotlaridan olish mumkin. Uning 1979 — 1982-yillarda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra:
1. Vizantiyada aniqlangan barcha yodgorliklarni to‘la yokiqisman bibliografik apparatga ega bo‘lgan qo‘llanma deb hisoblash mumkin.
2. O‘rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bo‘lib,o‘sha davrdagi bibliografiya qadimgi grek va ellinistik bibliografiyaning yangi tarixiy jarayondagi davomi edi.
3. O‘sha davr bibliografiyasi uchun keyinchalik kitob bosishishi paydo bo‘lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarakterli bo‘lib qoldi.
4. Bibliografik matnlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki,bibliografik yo‘llanmalar (ssilkalar) mualliflarni ko‘rsatishda va aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko‘rsatishda qo‘llanilgan.
5. Birinchi rus bibliografik yodgorligi 1073-yil yaratilganyolg‘on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro‘yxati edi.
Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N.V.Zdobnov, M.V. Mashkova, L.M.Ravich, S.A.Reyser, B.A.Semyonovker, K. R. Simonlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimlaridan M. M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar.