"Beruniy-jahon astronomiya va geografiya fani olimi"
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida "Beruniy-jahon astronomiya va geografiya fani olimi" mavzusida 23 iyun kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan astronomiya, matematika va boshqa ko'plab qomusiy asarlar muallifi Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan yosh kitobxonlar davrasida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida kutubxona hodimlari Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi haqida uni bosib o'tgan hayot yo'llarida qilgan ishlari haqida yosh kitobxonlarga gapirib o'tdilar.Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bagʻishlangan.Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan.Yosh kitobxonlar bilan davra suxbati qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.
https://telegra.ph/Beruniy-jahon-astronomiya-va-geografiya-fani-olimi-06-27