“Bayrog’im-iftixorim!”
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari H.Mirzayeva tomonidan "Zukko bolajon" nomli NMTT bilan hamkorlikda “Bayrog’im-iftixorim!” nomli “Kutubxona kvesti” boshqotirma o’yini tashkil etildi. O’yinda bayroq rasmini chizish hamda bayroqda aks etgan oy va yulduzlarni yig'ish shartlari bajarildi. Faol ishtirok etgan guruh tarbiyalanuvchi bolajonlari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.