"Bayram shukuhi"
Joriy yilning 24 dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish, kitob mutolaasiga yanada e'tibor qaratish maqsadida "Ideal" o'quv markazi bilan hamkorlikda faol kitobxon o‘quvchilar ishtirokida kitobxonlarga yangi yil kayfiyati ulashish maqsadida "Bayram shukuhi" mavzusida bayramona myuzikil kechasi tashkil qilindi.Dastavval axborot-kutubxona markazi fondidagi eng sara adabiyotlar tanishtirildi.Shundan so‘ng kutubxonachilar kitobxonlardan bayramga bagishlangan she'rlar tingladilar. Faol kitobxon yoshlar o'zlarining o'qigan kitoblari va o'zlarida qay darajada taassurot uygʻota olgani haqida fikr mulohazalarini bildirdilar. Kutubxona mutaxassislari ularni o‘qigan kitoblarini o‘zining tengdoshlari bilan muhokama qilishlari va tengdoshlarini ham o‘zlari kabi kitobga mehr uyg'otishga chaqirdilar