“Baxtim shul o'zbekning Zulfiyasiman”
Joriy yilning 27-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab “Baxtim shul o'zbekning Zulfiyasiman” mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada Zulfiyaxonimning “Hamid Olimjonning so’ngsiz armoni”, “Ko’zlaringda bormi yulduzing ”, “Zamondoshlari xotirasida” asarlari hamda bir qancha adabiyotlar va ma’lumotlar o‘rin olgan.