“Barqaror ertangi kun uchun bugun gender tengligi”
O‘zbekiston hukumati qizlar va ayollar huquqlarini kengaytirish borasida ulkan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Ular uchun salmoqli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, shaharda ham, qishloqda ham qizlar va ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish borasida hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. Ayollar va qizlarning iqlim oʻzgarishiga moslashish, uning oqibatlarini yumshatish va javob choralari sharoitida barcha uchun yanada barqaror kelajak qurishga qoʻshgan hissasini eʼtirof etadi. Bunga ayollar va qizlarning rasmiy va norasmiy ta'lim, jumladan, STEM ko'nikmalari, rasmiy bandlik, past foizli kreditlar, yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqi kabi resurslar va imkoniyatlardan teng foydalanishni ta'minlash orqali erishish mumkin. Yanada ijobiy natijalarga erishish uchun ayollar va qizlarning roli va mas'uliyatiga oid kamsituvchi stereotiplarni yo'q qilishga davlat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va hamjamiyatlar hissa qo'shishi mumkin. Chekka qishloq hududlarida istiqomat qiluvchilar, kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo’lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga alohida e’tibor berish kerak. Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. Kitob — fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbayi bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas hisoblaydi. Joriy yilning 22 iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish bo'limi mutaxassislari “Barqaror ertangi kun uchun bugun gender tengligi” mavzusi Zomin tumanidagi istirohat bog'iga tashrif buyurib aholi va kitobxonlarga kitobxonlikni keng targ’ib qilish, qizlar va ayollar huquqlarini kengaytirish borasida, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida ayollar o'rtasida va yosh qizlar o'rtasida targ’ibot tashviqot ishlarini olib bormoqda.
https://telegra.ph/Barqaror-ertangi-kun-uchun-bugun-gender-tengligi-07-22