"Bahorning betakror malikasi"
Axborot- kutubxona markazlarida NAZORAT REJASIning 72-maqsad:Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarishning 224,225,227-bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida hamda 2023-yil adabiyot, madaniyat, ilm-fan sohalari atoqli namoyondalari tavallud kunlari munosabati bilan, ular faoliyatini keng targ'ib qilish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazining 15-umumiy o'rta ta'lim maktabida joylashgan Zomin TAKMning ko'chma kutubxona hodimlari bilan hamda 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan birgalikda "Bahorning betakror malikasi" mavzusida O'zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg'unboyeva tavalludining 110 yilligi munosabati bilan adabiy-musiqiy kecha o'tkazildi. Kechada yosh ijodkorlar o'z ijodlari bilan kechani qiziqarli va mazmunli o'tishiga o'z hissalarini qo'shishdi. Kechaga o'rin olgan raqqosa va dutorchi qizlarimizni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.