"Bahor keldi, seni so'roqlab"
Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109 munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Bahor keldi, seni so'roqlab" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Kitob ko'rgazmada Fondlarni butlash, saqlash va ularga ishlov berish xizmati mutaxassislari tomonidan ko'rgazmaga kelgan kitobxonlarga Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, yozgan she'rlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi hamda "Bahor keldi , seni so'roqlab" kitobi sharxlab berildi. Shundan so'ng yosh kitobxonlar tomonidan Zulfiyaxonim she'rlaridan o'qib eshitdirdilar. Kitob ko'rgazmasi barchaga birdek manzur boʻldi.