"Bag'rikenglik haftaligi
Vazirlar mahkamasining 31 oktyabrdagi 27/2697 sonli topshirig'i sohalaridagi istiqbolli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishdagi tegishli ko'rsatmalariga muvofiq joriy yilning 11-16 noyabr kunlari "Bag'rikenglik xaftaligi" ni o'tkazish bo'yicha 15 noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 51- umumta'lim maktabi bilan hamkrlikda "Bag'rikenglik haftaligi" ni tashkil etish qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida "Bag'ri keng dunyoyim" deb nomlangan rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda o'qvchilar o'zlari chizgan rasmlari bilan faol ishtirok etishdi. G'olib bo'lgan o'quvchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.