Ayol va uning oiladagi tutgan o'rni
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-401-son qarori asosida Milliy kutubxonaning 1-sonli buyrug’i ijrosini ta'minlash maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xotin-qizlari uchun davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbatida so'zga chiqqanlar Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova va Axborot-kommunikatsion texnologiyalari xizmati xizmat rahbari I.Shodiyevalar ayol va uning oilada tutgan o'rni, jamiyatda faoliyat yuritishida erkaklar bilan teng xuquqli ekanligi haqida axborot berib o'tdi. So'ng davra suxbatida yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi barcha bo‘g‘indagi har bir davlat organi, tashkiloti va korxonasida, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, sud tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda boshqaruv xodimlari orasidagi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilga qadar 30 foizga yetkazish talabi davlat korxonalarining ijro organlari, shu jumladan direktorlar kengashi va kuzatuv kengashlarining tarkibini shakllantirishda ham tatbiq etilishini etilishi nazarda tutilganligi ta'kidlab o'tildi. Ushbu qarorning mazmun va mohiyati haqida keng axborot berib o'tildi. Bu kabi davra suxbatlari kelgusi rejalarimizda ko'proq tashkil etilishi belgilab qo'yildi.
https://telegra.ph/Bugungi-kunda-xotin-qizlar-faolligi-muhim-06-05