“Ayol – oila va jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati
Joriy yilning 2-iyun sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan xotin-qizlar ishtirokida “Ayol – oila va jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, oila farovonligini ta’minlashdagi mas’uliyati, farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi hamda bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashib, mavzu doirasida tavsiya va takliflarini bildirdilar. Tadbir xotin-qizlarning ma’naviy bilimlarini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi