"Ayol borki olam munavvar"
Zulfiya Isroilova -taniqli va iqtidorli o'zbek shoirasi. Sharq ayoli Zulfiya she'riyating nufuzi-bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi,o'ziga xosligi zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. Har yili bahorning ilk kunida butun diyorimiz bo'ylab sevgi va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun keng tantanali nishonlanadi. 12-mart kuni Zomin tuman 2"Shodlik" nomli DMTM faollar zalida ana shunday tadbirlardan biri bo'lib o'tdi. "Ayol borki olam munavvar" shiori ostida o'tgan tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazining "O'zbegim qizlari" jamoasi hamda Zomin tuman 2"Shodlik"nomli DMTMning "Nafosat gulshani" jamoasi 4ta shart asosida o'zaro zukkolik, epchillik, ziyraklikda bahs olib bordilar. Tadbirda jamoalar she'rhonlik, aktorlik, raqs yo'llanishida betakror chiqishlari bilan qatnashdilar.