"Ayol borki olam munavvar"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot kutubxona markazi Zulfiyaxonim tavalludining 107-yilligi hamda 8- mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Ayol borki olam munavvar" nomli tadbir uyushtirildi. Tadbirda Axborot kutubxona markazi hamda Bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoalari o'rtasida "Qizlar davrasi" musobaqasi bo'lib o'tdi. Tuman kutubxonasining "O'zbegim qizlari" hamda sport maktabining "Sport malikalari" jamoalari ishtirok etdi. Dastlab, jamoalar tanishtiruv sharti bo'yicha qadimiy qadriyatlarimizni o'zida aks etirgan milliy liboslarda chiqish qilishdi. Shundan so'ng, jamoalar milliy raqs, pazandachilik, soch turmaklash, bayramona sahna ko'rinishlari kabi shartlar asosida bellashdilar. Bellashuv yakunida ishtirokchilarga bayram sovg'alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.