"Axborot texnologiyalari"
#Axborot_texnologiyalari
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida kitob va elektron disklar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmaga kutubxona fondidan joy olgan axborot texnologiyalariga oid kitoblar, jurnallar, darslik va badiiy adabiyotdan parchalar tushirilgan disklar kutubxonaga tashrif buyuruvchilar uchun tayyorlab qo'yildi.