"Axborot texnologiyalari"
#Axborot_texnologiyalari
Sh. Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan berilgan topshiriqlarni axborot -kutubxona tizimiga tatbiq etish, kitobxonlarga axborot texnalogiyalaridan keng foydalangan holda xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilning 9 -14- iyun kunlari Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari" haftaligi deb e'lon qilindi. E'lon va afishalar Yoshlar markazi binosiga hamda Mustaqillik hiyoboniga joylashtirildi.