"Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"
Joriy yilning 13-15 aprel kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Fan,ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi 2022 yil birinchi yarim yillik ish rejasiga muvofiq "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi bo'yicha O'zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Jizzax viloyatidagi barcha kutubxonalar faoliyatini o'rganish belgilangan. Shu munosabat bilan Senat ishchi guruhi 13 aprel kuni amaliy tashrif bilan Zomin tumanida bo'ldi. Tashrif mobaynida ishchi guruh a'zolari tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Mavjud imkoniyatlar, yechimini topmagan muammolar o'rganib chiqildi va soha mutaxassislari tomonidan kutubxona faoliyatiga oid amaliy taklif va ko'rsatmalar berildi.
https://telegra.ph/Axborot-kutubxona-faoliyati-togrisida-04-14-3