"AXBOROT-KUTUBXONA A'LOCHISI"
Jizzax viloyati Zomin tumani AKM direktori "AXBOROT-KUTUBXONA A'LOCHISI" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
2023-yil 24-may kuni “Central Asia – 2023: Fan, ta'lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston kutubxonachilik sohasi rivojiga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo‘shgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan hamda bu yo‘nalishda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislari “Axborot-kutubxona a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirllandilar. Shu jumladan
Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi direktori Anvarova Nargiza Odiljonovna ustozimiz, rahbarimiz sohadagi ko‘p yillik samarali, kamtarona mehnatlari Davlatimiz tomonidan yuksak baholanganligi va “Axborot-kutubxona a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligi bizni juda quvontirdi.
Anvarova Nargiza Odiljonovnaga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat, ishlarida muvaffaqiyat hamisha hamroh boʻlishini hamda yutuqlari bardavom bo'lishini tilab qolamiz.
Xurmat bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi.