Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili
Joriy yilning 13-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Atrof muhitni muhofaza qilish tashkiloti, Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" davlat dasturini mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish yuzasidan Atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti bosh mutaxassisi Pattayev Doston ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar tabiatni asrash va unga yetkazilayotgan zararlar borasida qizg'in mulohazalar yuritdi.