"Asarlari ona mehri ila yo'g'rilgan" rasmli kitob ko’rgazmasi
Joriy yilning 7 - avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o’quv zalida taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi O’tkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan "Asarlari ona mehri ila yo'g'rilgan" nomli rasmli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada yozuvchining “Dunyoning ishlari”, “Sevgi qissalari”, “Bahor qaytmaydi”, ”Urushning so’nggi qurboni”, ”Nur borki, soya bor”, ”O’zbeklar”, ”Insof” nomli kitoblari va bir qancha ma’lumotlar o’rin olgan