Allomalarimiz merosi bebaho xazina Beruniy 1050 yilligi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi munosabati bilan “Abu Rayhon Beruniy--Sharq javohiri” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari ishtirok etishdi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Foydalanuvchilarga va abonomentlarga xizmat ko'rsatish xizmat rahbari G. To'raqulova Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati haqida tadbir ishtirokchilariga ma'lumot berib o'tdi.
Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar ” , “Mineralogiya”, “Saydana” kabi asarlari haqida ma’lumotlarni keltirib o’tib, Beruniy asarlarini o’rganish hanuzgacha davom etayotgani, uning ilmiy merosini o’rganish nafaqat O’zbekistonda, balki chet ellik olim va tarixchilar tomonidan ham o’rganilayotganini ta’kidlab o’tdi.
O’quvchilar Beruniy faoliyati, asarlari haqida yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishdi.