Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ta'zim, Boburga ehtirom"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi va 12-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilari ishtirokida she'riyat mulkining sultoni mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ta'zim, Boburga ehtirom" nomli g'azalxonlik kechasi tashkil qilindi.Tadbir avvalida A.Navoiy va Zahiriddin Muxammad Bobur bobolarimiz hayoti va ijodiga bag'ishlangan qo'llanma taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan chiroyli milliy raqs hamda adibning hayotiga bag'ishlangan "Non isi" nomli sahna ko'rinishi ijro qilindi.