“Alisher Navoiy — buyuk mutafakkir va davlat arbobi”
Joriy yilning 9-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy — buyuk mutafakkir va davlat arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbatida 9225- sonli harbiy qism kursantlari ishtirok etdilar. Alisher Navoiy bizning vatanimiz tarixidagi barcha zamonlarda xox o'tmish, xox bugun yo kelgusida bo'lsin eng madaniyatli ma'rifatli xalqlar qatoriga olib chiqqan jahon adabiyotining eng buyuk siymolari qatorida turadigan zotdirlar.Tadbir davomida o'quvchilari tomonidan Navoiyning g'azallari va ruboiylari aytib o'tildi.