"Alisa mo'jizalar mamlakatida", kitob ko'rgazmasi
Joriy yilning 23 sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari G.To'raqulova hamda Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi D.Alibekovalar tomonidan aholining keng qatlamini kitob o`qishga jalb qilish, kitob o`qish va kitobxonlikni targ`ib etish, voyaga yetgan farzandlarimizni bog`cha yoshidan boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash maqsadida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun "Alisa mo'jizalar mamlakatida" mavzusida kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Kitoblar bolalarning dunyoqarashini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'qish, o'rganish va o'z fikrlarini ifoda qilish uchun zarur bo'lgan, ularning o'ziga xos fikr-mulohazalarini o'rgatadi, kelajakda o'z yo'lini topib keta olishda eng kerakli manba bo'lib xizmat qiladi. Kutubxonaga sayyohat davomida yosh kitobxonlarga kitoblarni inson hayotidagi o'rni haqida ma'lumotlar berilib o'tildi.
https://telegra.ph/Alisa-mojizalar-mamlakatida-kitob-korgazmasi-07-23